30 kapsula
Tabiiy uroseptik
Umumiy tavsif:
Klyukva, qo‘ypechak (xvosh) va S vitamini asosidagi kompleks bo‘lib, siydik chiqarish tizimi salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi. Yallig‘lanishga qarshi, diuretik va antimikrob xususiyatlarga ega. Siydik chiqarishni normallashtiradi, sistitning qaytalanish xavfini kamaytiradi va buyrak faoliyatining yaxshilanishiga yordam beradi.
Qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar:
Siydik yo‘llari yallig‘lanishi, tez-tez siyishga ehtiyoj, noqulaylik, sistit, qaytalanuvchi infektsiyalar, shuningdek siydik toshlari shakllanishining oldini olish maqsadida tavsiya etiladi.
Asosiy ta’sirlar:
• siydik chiqarishni normallashtirish
• yallig‘lanishni kamaytirish
• sistit qaytalanishining oldini olish
• buyrak faoliyatini qo‘llab-quvvatlash
• E.coli ga qarshi himoya
• diuretik ta’sir
• og‘riq va noqulaylikni kamaytirish
• kristallar va toshlar hosil bo‘lishining oldini olish
• siydik yo‘llari immunitetini mustahkamlash
• detoks ta’siri (og‘ir metallardan tozalash)
Farmakologik xususiyatlari:
Klyukva: proantosianidinlar E.coli ning siydik yo‘llari devorlariga yopishishini bloklaydi, biofilm hosil bo‘lishining oldini oladi va yallig‘lanishni kamaytiradi.
Qo‘ypechak (xvosh): kremniy kislotasi, saponinlar, organik kislotalar va boshqa faol moddalar diuretik, yallig‘lanishga qarshi va detoksifikatsiya qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Kremniy tuzlari kristallanishning oldini oluvchi kolloidlar hosil qiladi.
S vitamini: immunitetni kuchaytiradi, shilliq qavatlarning himoya funksiyalarini mustahkamlaydi.
Bir kapsula tarkibi:
Klyukva mevalari ekstrakti — 250 mg
Qo‘ypechak (xvosh) ekstrakti — 150 mg
S vitamini — 100 mg
Qo‘llash usuli:
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar:
kuniga 1–2 marta ovqatdan keyin 1 kapsuladan.
Kurs — 14 kun.
Zarurat tug‘ilganda, mutaxassis tavsiyasi bilan kursni takrorlash mumkin.
Qarshi ko‘rsatmalar:
tarkibiy qismlarga individual sezuvchanlik
12 yoshgacha bo‘lgan bolalar
Qabul qilishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Saqlash shartlari:
Mahsulotni quruq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri tushmaydigan joyda, +3°C dan +25°C gacha bo‘lgan haroratda saqlang.
Namlik va yorug‘likdan asrang.
Bolalar qo‘li etmaydigan joyda saqlang.
Yaroqlilik muddati tugagandan keyin ishlatmang.
Izoh: